Daryo

La Liga. Benzemaning so‘nggi daqiqalarda urgan goli “Real”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi (video)

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida 5 ta uchrashuv yakunlandi

1 daqiqa o‘qish38 826 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida 15-dekabr, yakshanba kuni 5 ta uchrashuv yakunlandi.

Foto: Reuters

Mazkur turning markaziy o‘yinida Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi “Valensiya” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 78-daqiqasida “ko‘rshapalaklar” yarim himoyachisi Karlos Soler hisobni ochgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarga kelib “Qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa Madrid klubi mehmonda kechgan bahsda “Valensiya” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Real” 35 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoda. “Valensiya” esa 27 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etish joiz, musobaqa jadvalida 1-o‘rinda borayotgan “Barselona” hisobida ham 35 ochko mavjud.

La Liga

17-tur bahslari

15-dekabr, yakshanba

“Xetafe”—“Valyadolid” 2:0

Gollar: 1:0 — 36 Kukurelya, 2:0 — 82 Anxel Rodriges

“Selta”—“Malyorka” 2:2

Gollar: 1:0 — 20 Rafinya, 1:1 — 33, penaltiSevilya, 2:1 — 50, penalti Aspas, 2:2 — 83 Budimir

“Espanyol”—“Betis” 2:2

Gollar: 0:1 — 4 Iglesias, 1:1 — 19 Darder, 2:1 — 41 Espinosa, 2:2 — Bartra

“Sevilya”—“Vilyarreal” 1:2

Gollar: 0:1 — 13 Albiol, 1:1 — 61 Munir, 1:2 — 74 Toko-Ekambi

“Valensiya”—“Real Madrid” 1:1

Gollar: 1:0 — 78 Soler, 1:1 — 90 Benzema

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar