Daryo

Kurash bo‘yicha o‘zbekistonlik Osiyo o‘yinlari chempioni doping sabab 4 yilga chetlatildi

Sportchining Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Jahon Chempionati vaqtida topshirgan tahlilidan taqiqlangan metabolit moddasi topilgan

1 daqiqa o‘qish67 243 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulnor Sulaymonova to‘rt yil muddatga sportga oid faoliyatdan chetlatildi, deya xabar qilmoqda “Olamsport”.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Sportchining Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Jahon Chempionati vaqtida topshirgan tahlilidan taqiqlangan metabolit moddasi topilgan.

Sulaymonova 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Ta’kidlanishicha, ushbu jazoning Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatiga aloqasi yo‘q.

Shuningdek, o‘zbekistonlik kurashchi Abror Jabborov ham doping sabab ikki yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

Mazkur sportchilarning Janubiy Koreyadagi Jahon Chempionatida qayd etgan natijalari bekor qilindi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar