Daryo

APL. “Manchester Siti” “Arsenal”ga javobsiz 3 ta gol urdi (video)

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 17-turining markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” Londonda “Arsenal”ga qarshi maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish24 242 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 17-turining markaziy uchrashuvida 15-dekabr, yakshanba kuni Xosep Gvardiola qol ostidagi “Manchester Siti” Londonda Fredrik Yungberg boshqaruvidagi “Arsenal” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Reuters

To‘qnashuv davomida “shaharliklar” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (2, 40) dublga erishgan bo‘lsa, Rahim Sterling (15) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Siti” mehmonda kechgan bahsda “to‘pchilar” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Qayd etish joiz, mazkur g‘alabadan so‘ng Gvardiola jamoasi ochkolari sonini 35 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Arsenal” esa 22 ochko bilan 9-o‘rinni band qilib turibdi.

APL

17-tur bahsi

15-dekabr, yakshanba

“Arsenal”—“Manchester Siti” 0:3

Gollar: 0:1 — 2 de Bryuyne, 0:2 — 15 Sterling, 0:3 — 40 de Bryuyne

“Arsenal”: Leno, Papastatopulos, Kolashinats (Saka, 40), Chembers, Meytlend-Naylz, Ozil (Smit-Rou, 59), Gunduzi, Pepe, Torreyra (Uillok, 81), Martinelli, Obameyang

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Mendi (Zinchenko, 85), Uoker, Fernandinyo, Gundo‘g‘on (Marez, 70), Foden (Bernardu Silva, 56), de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling, Gabriel Jezus

Ogohlantirishlar: Fernandinyo (17), Rodri Ernandes (35), Gundo‘g‘on (61), Mendi (62), Papastatopulos (72)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar