Daryo

APL. Manchester derbisida “Yunayted” “Siti”dan ustun keldi (video)

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 16-turida Manchesterning ikki jamoasi — “Siti” hamda “Yunayted” o‘zaro to‘qnash keldi

1 daqiqa o‘qish48 055 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter/@ManUtd

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 16-turining markaziy uchrashuvida 7-dekabr, shanba kuni Manchesterning ikki jamoasi — “Siti” hamda “Yunayted” o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Twitter/@ManUtd

O‘yin davomida “qizil iblislar” vakillari Markus Reshford (23, penalti) va Antoni Marsyal (29) tomonidan urilgan gollarga “shaharliklar” Nikolas Otamendi (85)ning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Yunayted” mehmonda kechgan bahsda “Siti”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Sulsher jamoasi ochkolari sonini 24 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Siti” esa 32 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

APL

16-tur bahsi

7-dekabr, shanba

“Manchester Siti”—“Manchester Yunayted” 1:2

Gollar: 0:1 — 23, penalti Reshford, 0:2 — 29 Marsyal, 1:2 — 85 Oatmendi

“Manchester Siti”: Ederson, Stounz (Otamendi, 59), Uoker, Anxelinyo, Fernandinyo, Rodri Ernandes (Gundo‘g‘on, 86), de Bryuyne, Bernardu Silva (Marez, 65), Silva, Sterling, Gabriel Jezus

“Manchester Yunayted”: De Xea, Maguayr, Lindelyof, Uan-Bissaka, Shou (Yang, 88), Lingard (Tuanzebe, 89), Jeyms, Maktominey, Fred, Marsyal (Pereyra, 74), Reshford

Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (22), De Xea (54), Pereyra (74), de Bryuyne (79), Uoker (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar