Daryo

Liga 1. Mbappe va Neymarning gollari PSJga g‘alaba keltirdi (video)

Futbol bo‘yicha Fransiya Chempionatining 16-turi doirasida 5 ta uchrashuv yakunlandi

1 daqiqa o‘qish37 544 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Fransiya Chempionatining 16-turi doirasida 4-dekabr, chorshanba kuni 5 ta uchrashuv yakunlandi.

Foto: Reuters

Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi “Park de Prens”da “Nant”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida parijliklar jamoasi hujumchilari Kilian Mbappe (52) va Neymar (85, penalti) o‘z hisobiga bittadan golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa PSJ o‘z maydonida kechgan bahsda “Nant”ni 2:0 hsiobida mag‘lub etib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng PSJning ochkosi 36 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Nant” esa 23 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Liga 1

16-tur bahslari

4-dekabr, chorshanba

“Sent-Etyenn”—“Nitssa” 4:1

Gollar: 1:0 — 11, penalti Buanga, 1:1 — 14 Dolberg, 2:1 — 38 Amuma, 3:1 — 40 Fofana, 4:1 — 58 Buanga

“Dijon”—“Monpelye” 2:2

Gollar: 1:0 — 2, avtogol Sambiya, 1:1 — 15 Molle, 1:2 — 29 Savanye, 2:2 — 72 Mavididi

“Tuluza”—“Monako” 1:2

Gollar: 0:1 — 5, penalti Ben-Yedder, 1:1 — 40, penalti Sanogo, 1:2 — 84 Jelson Martinsh

“Mets”—“Renn” 0:1

Gol: 0:1 — 39 Yunu

PSJ—“Nant” 2:0

Gollar: 1:0 — 52 Mbappe, 2:0 — 85, penalti Neymar

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar