Daryo

APL. “Manchester Siti” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 15-turiga start berildi

1 daqiqa o‘qish36 540 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 15-turiga 3-dekabr, seshanba kuni start berildi.

Foto: Reuters

Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” safarda “Byornli”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mankunianlar a’zolari Gabriel Jezus (24, 50), Rodri Ernandes (68) hamda Riyad Mahrez (87) tomonidanurilgan gollarga mezbonlar Robbi Breydi (89)ning goli bilan javob qaytardi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “shaharliklar” ochkolari sonini 32 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Byornli” esa 18 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

APL

15-tur bahslari

3-dekabr, seshanba

“Kristal Pelas”—“Bornmut” 1:0

Gol: 1:0 — 76 Shlupp

“Byornli”—“Manchester Siti” 0:3

Gollar: 0:1 — 24 Gabriel Jezus, 0:2 — 50 Gabriel Jezus, 0:3 — 68 Rodri Ernandes, 0:4 — 87 Mahrez, 1:4 — 89 Breydi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar