Daryo

Aktyor Yigitali Mamajonov beshinchi marta ota bo‘ldi (foto)

Juftlikning Abubakir ismli o‘g‘li 2018-yilning dekabr oyida dunyoga kelgan edi

1 daqiqa o‘qish410 142 ko‘rishlar0 izoh0

Aktyor Yigitali Mamajonov hamda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qiz farzandli bo‘lishdi. Qizaloqqa Hadija deb ism qo‘yishgan. Bu haqda Muqaddas Sa’dullayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Juftlikning Abubakir ismli o‘g‘li 2018-yilning dekabr oyida dunyoga kelgan bo‘lib, bungacha Yigitali Mamajonovning xonanda Rayhon G‘aniyeva bilan turmushidan Islom va Imron ismli ikkita o‘g‘li, Nigina bilan turmushidan esa qizi bor.

Foto: Instagram

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning birinchi turmushidan Sa’diya ismli qizchasi bor.

Foto: Instagram
Yigitali Mamajonov avvalroq bergan intervyusida aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bilan nima sababdan yashirincha turmush qurgani sababini quyidagicha izohlagan edi.
Oilamga har xil ko‘zlar tegishini xohlamayman. Aslida ijtimoiy tarmoqlarga suratlarimizni joylashimiz ham noto‘g‘ridir balki, shuning uchun ham avvalroq bu haqda ma’lum qilgimiz, suratlarni ham joylagimiz kelmagan edi. Yigitali Mamajonov, aktyor
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar