Daryo

Traktorchilar Parijga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video)

Namoyishchilar Sharl de Goll aeroportiga olib boruvchi trassani to‘sib qo‘yishga urinmoqda

1 daqiqa o‘qish57 946 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Le Figaro

Fransiyada 27-noyabr, chorshanba kuni traktorlarni boshqarayotgan qishloq xo‘jaligi xodimlari Parijga olib boradigan avtomobil yo‘llarini yopib qo‘ydi. Ular ushbu harakat bilan mehnat shart-sharoitlarining og‘irlashgani, xalqaro tashkilotlarning va mahalliy hokimiyatning turli talablariga qarshilik ko‘rsatmoqda, deb yozgan Le Figaro.

Foto: Le Figaro
Qishloq xo‘jaligi xodimlarining milliy kasaba qo‘mitalari federatsiyasi ma’lumoti bo‘yicha norozilik harakatlarida 1500 ta traktor va jami 10 000 nafar fermer ishtirok etmoqda. 250 ga yaqin traktorlar Parij ko‘chalarigacha kirib kelib ulgurgan va Fosh shoh ko‘chasi orqali miting o‘tkaziladigan maydonga kirgan.

Mavzuga doir: Litva fermerlari Vilnyus shahrida traktorlar karvoni bilan norozilik namoyishi o‘tkazdi

Namoyishchilarning muayyan qismi Parijga bormay poytaxt atrofidagi yerlarni yopish, xususan, Sharl de Goll aeroportiga olib boruvchi trassani to‘sib qo‘yishga urinmoqda. Norozilik bildirayotganlar savdo erkinligi va ichki direktivlar to‘g‘risidagi kelishuvga qarshi chiqmoqda va ushbu hujjatning mehnatni chegaralab qo‘yishi, import mahsulotlari raqobatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan. Shuningdek, 2018-yilda qabul qilingan fermerlar manfaatlarini himoya qilishi va aholining ekologik toza mahsulotlarga bo‘lgan talabini barqaror ravishda to‘ldirib borishi haqidagi Egalim qonunining to‘liq kuchga kirmagani ham qishloq xo‘jaligi vakillarining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: Traktorlarda norozilik bildirayotgan minglab fermerlar Berlin markazidagi ko‘chalarni yopib qo‘ydi

https://twitter.com/i/status/1199570469118259201
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar