Daryo

Superliga. “Paxtakor” safarda “Nasaf”ni bazo‘r mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida “Paxtakor” safarda “Nasaf”ga qarshi maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish43 994 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: PFL

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi safarda Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: PFL

Uchrashuv davomida “sherlar” a’zolari Igor Sergeyev (37) hamda Jaloliddin Masharipov (42) tomonidan urilgan gollarga qarshiliklar Oybek Bozorov (49)ning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Paxtakor” mehmonda qiyin kechgan o‘yinda “Nasaf”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (2:1) va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan Toshkent klubi ochkolari sonini 68 taga yetkazdi. “Nasaf” esa 32 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga

24-tur bahsi

23-noyabr, shanba

“Nasaf”—“Paxtakor” 1:2

Gollar: 0:1 — 37 Sergeyev, 0:2 — 42 Masharipov, 1:2 — 49 Bozorov

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Aziz G‘aniyev, Dilshod Saidov, Humoyun Murtazoyev, Bobur Abdixoliqov, Doniyor Narzullayev (Sharof Muhiddinov, 46), Sardor Abduraimov (Islom Rashidxonov, 82), Xurshidbek Muxtorov (Sherzod Nasrullayev, 46), Oybek Bozorov, Umar Eshmurodov

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov (Alisher Salimov, 87), Sherzod A’zamov (Marko Simich, 46), Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Vladimir Kozak (Bobur Asqarov, 61), Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev

Ogohlantirishlar: Humoyun Murtozayev (55), Marko Simich (65), Sanjar Quvvatov (74), Hojiakbar Alijonov (85), Dragan Cheran (90), Umar Eshmurodov (90+3)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar