AQSh prezidentligiga nomzod debatlar vaqtida davlat xorij mamlakatlari ichki siyosatiga aralashmasligi kerakligini ta’kidladi
“Ushbu siyosat tufayli minglab Amerika harbiylari xorij mamlakatlariga yuborilmoqda”, — deya qayd etgan Tulsi Gabbard
1 daqiqa o‘qish18 510 ko‘rishlar0 izoh0
Tulsi Gabbard
Foto: CNN
Gavayi shtati vakillari palatasi a’zosi Tulsi Gabbard AQSh prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozonsa, xorijdagi intervensionistik siyosatga barham berilishilini va’da qilmoqda. Bu haqda Gabbard Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Demokratik partiyaning 2020-yilgi prezidentlik saylovlari uchun nomzodlar taqdim etiladigan beshinchi umummilliy teledebatlar vaqtida ma’lum qilgan, deb yozmoqda “TASS”.
Tulsi GabbardFoto: CNN
“Ayni vaqtda Demokratik partiyaning tashqi siyosatga mas’ul guruhini Hillari Klinton boshqarmoqda va u harbiy-ishlab chiqarish kompleksi masalalariga javob beradi. Biz kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Trampning tashqi siyosatdagi noto‘g‘ri yo‘liga barham berishimiz lozim. Ushbu siyosat tufayli minglab Amerika harbiylari xorij mamlakatlariga yuborilmoqda”, — deya qayd etgan Tulsi Gabbard.
Mavzuga doir:
Shuningdek, u tashqi siyosatga bunday munosabatda bo‘lishni to‘xtatish, xorijdagi davlat tuzumlarini o‘zgartirish uchun qilinayotgan urinishlarga barham berish kerakligini ta’kidlagan. Nomzodning fikricha, ushbu siyosat Amerika fuqarolarining milliardlab soliqlari evaziga amalga oshirilmoqda.