Daryo

APL. “Tottenhem” yana yuta olmadi, “Everton” futbolchisining oyog‘i sindi (video)

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 11-turi doirasida “Tottenhem” Liverpulda “Everton” mehmoni bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish79 168 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 11-turi doirasida 3-noyabr, yakshanba kuni Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi Liverpulda “Everton” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Reuters

Uchrashuvning 63-daqiqasida “shporlar” yarim himoyachisi Dele Alli Son Hyon Min uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 90+7-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Jenk Tosun hisobni tenglashtirdi (1:1).

Qayd etish joiz, 79-daqiqada Sonning qo‘polligidan keyin Mersisayd klubi yarim himoyachisi Andre Gomesh Serj Oryega to‘qnashib ketdi va juda og‘ir jarohat oldi va uning o‘rniga Gilfi Sigurdsson zaxiradan maydonga tushdi. Janubiy koreyalik futbolchi esa hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi.

Foto: Twitter

Shu tariqa “Tottenhem” mehmonda “Everton” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va bir ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 13 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 11 ochko bilan 17-o‘rinni band qilib turibdi.

11-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

/>

APL

11-tur bahslari

3-noyabr, yakshanba

“Kristal Pelas”—“Lester” 0:2

Gollar: 0:1 — 57 Seyunjyu, 0:2 — 88 Vardi

“Everton”—“Tottenhem” 1:1

Gollar: 0:1 — 63 Alli, 1:1 — 90 Tosun

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar