Daryo

A Seriya. “Milan” o‘z maydonida “Latsio”ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 11-turi doirasida 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish48 802 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter/@OfficialSSLazio

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 11-turi doirasida 3-oktabr, yakshanba kuni 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@OfficialSSLazio

Turning markaziy uchrashuvlaridan birida Stefano Pioli boshqaruvidagi “Milan” “Juzeppe Meatssa” stadionida Simone Indzagi boshliq Rimning “Latsio” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 25-daqiqasida Rim klubi hujumchisi Chiro Immobile Manuel Latssari uzatgan to‘pni Janluiji Donnarumma qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib mehmon jamoa himoyachisi Bashtush avtogol muallifiga aylandi (1:1). 83-daqiqada esa argentinalik Xoakin Korrea “Latsio”ning g‘alaba golini urdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi (2:1).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Latsio” ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Milan” esa 13 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

11-tur bahslari

3-oktabr, yakshanba

“Atalanta”—“Kalyari” 0:2

Gollar: 0:1 — 32, avtogol Pashalich, 0:2 — 58 Oliva

“Jenoa”—“Udineze” 1:3

Gollar: 1:0 — 22 Pandev, 1:1 — 32 de Paul, 1:2 — 87 Sema, 1:3 — 90 Lazanya

“Verona”—“Breshiya” 2:1

Gollar: 1:0 — 50 Salsedo, 2:0 — 81 Pessina, 2:1 — 85 Balotelli

“Lechche”—“Sassuolo” 2:2

Gollar: 1:0 — 18 Lapadula, 1:1 — 35 Tolyan, 2:1 — 42 Falko, 2:2 — 85 Berardi

“Fiorentina”—“Parma” 1:1

Gollar: 0:1 — 40 Jervinyo, 1:1 — 67 Kastrovilli

“Milan”—“Latsio” 1:2

Gollar: 0:1 — 25 Immobile, 1:1 — 28, avtogol Bashtush, 1:2 — 83 Korrea

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar