Daryo

A Seriya. “Yuventus” Turin derbisida g‘olib chiqdi, “Inter”da ham g‘alaba (video)

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 11-turi doirasida 2-noyabr, shanba kuni 2 ta o‘yin yakunlandi

1 daqiqa o‘qish49 949 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter/@juventusfcen

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 11-turi doirasida 2-noyabr, shanba kuni 2 ta o‘yin yakunlandi.

Foto: Twitter/@juventusfcen

Antonio Konte boshchiligidagi Milanning “Inter” jamoasi mehmonda “Bolonya”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida “Bolonya” yarim himoyachisi Roberto Soriano (59)ning urgan goliga “neradzurrilar” Romelu Lukaku (75, 90 — penalti)ning dubli bilan javob qaytardi.

Natijada milanliklar mehmonda kechgan bahsda “Bolonya” ustidan 2:1 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, “Inter” 28 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Bolonya” esa 12 ochko jamg‘argan holda 12-o‘rinni band qilib turibdi.

Shu kuni Turinning ikki jamoasi “Yuventus” hamda “Torino” o‘zaro bahsga kirishdi.

Bellashuvdagi yagona golga “keksa sinyora” himoyachisi Matteys de Ligt 70-daqiqada mualliflik qildi va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Qayd etish joiz, mazkur g‘alabadan so‘ng “Yuve” ochkolari sonini 29 taga yetkazdi va musobaqa jadvalidagi yetkachiligini saqlab qoldi. “Torino” esa 11 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

11-tur bahslari

2-noyabr, shanba

“Bolonya”—“Inter” 1:2

Gollar: 1:0 — 59 Soriano, 1:1 — 75 Lukaku, 1:2 — 90, penalti Lukaku

“Torino”—“Yuventus” 0:1

Gol: 0:1 — 70 de Ligt

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar