Daryo

Liga 1. PSJ safarda yutqazib qo‘ydi

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 12-turi doirasida PSJ safarda “Dijon”ga qarshi maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish42 038 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 12-turi doirasida 1-noyabr, juma kuni Tomas Tuxel qo‘l ostidagi PSJ klubi safarda “Dijon”ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Reuters

Uchrashuv davomida Parij klubi hujumchisi Kilian Mbappe (19) tomonidan urilgan golga mezbonlar Munir Shuyar (45) hamda Jonder Kadis (47)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa parijliklar mehmonda kechgan bahsda “Dijon”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, PSJ 27 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. “Dijon” esa 12 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

Liga 1

12-tur bahsi

1-noyabr, juma

“Dijon”—PSJ 2:1

Gollar: 0:1 – 19 Mbappe, 1:1 – 45 Shuyar, 2:1 – 47 Kadis.

“Dijon”: Gomis, Kulibali (Amalfitano, 29), Shafik (Mendil, 33), Manga, Lotoa, Balde (Mavididi, 54), Ndong, Shuyar, Muzinga, Tavaresh, Kadis

PSJ: Navas, Bernat (Kurzava, 64), Kimpembe, Dagba, Markinyos, Paredes (Kavani, 72), Guye, Di Mariya, Diallo (Draksler, 81), Mbappe, Ikardi

Ogohlantirishlar: Ndong (12), Kadis (14), Kimpembe (15), Mendil (58), Draksler (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar