Daryo

Germaniya Kubogi. “Borussiya D” o‘z maydonida “Borussiya M”dan ustun keldi

Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining 2-bosqichi doirasida “Borussiya Dortmund” o‘z maydonida “Borussiya Myunxengladbax”ni qabul qildi

1 daqiqa o‘qish17 292 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining 2-bosqichi doirasida 30-oktabr, chorshanba kuni Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida Marko Roze boshqaruvidagi “Borussiya Myunxengladbax” jamoasini qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 71-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Markus Tyuram hisobni ochgan bo‘lsa, 77 hamda 80-daqiqalarda “arilar” yarim himoyachisi Yulian Brandt ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa Dortmund klubi o‘z uyida “Borussiya Myunxengladbax”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Germaniya Kubogi

2-bosqich bahsi

30-oktabr, chorshanba

“Borussiya D”—“Borussiya M” 2:1

Gollar: 0:1 —71 Tyuram, 1:1 — 77 Brandt, 2:1 — 80 Brandt

“Borussiya D”: Xits, Pishchek, Zagadu, Akandji, Shults (Gyotse, 78), Brandt, Sancho, Bruun Larsen (Xakimi, 63), Vitsel, Azar, Vaygl

“Borussiya M”: Zommer, Bensebayni (Vendt, 30), Layner, Bayer, Elvedi, Xofmann (Makridis, 87), Noyxaus, Zakariya, Benesh (Xerrmann, 81, 82), Tyuram, Shtindl

Ogohlantirishlar: Shults (69), Zakariya (83), Noyxaus (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar