Avvalroq Tashkent City majmuasidagi istirohat bog‘i tarkibida mashhur yulduzlarning mumdan yasalgan haykallari namoyish etilgan “Yulduzlar muzeyi” ochilgan edi. Daryo muxbiri muzeyda bo‘lib maxsus fotolavhalar tayyorladi.
Muzeydagi har bir eksponatning atrofi uni mashhur qilgan sohaga aloqador mayda detallarigacha o‘ylangan kompozitsiya bilan o‘ralgan. Qolaversa, ular haqidagi ma’lumotlar ramkaga solinib devorga ilingan.
Hozircha dunyo madaniyati, siyosati va sportining 13 nafar yorqin vakillarining haykallari o‘rnatilgan bo‘lsa, 1 oydan so‘ng qolgan eksponatlar ham kelishi kutilmoqda. Ularning safida o‘zbek san’ati vakillari ham bo‘lishi kutilmoqda.
Bo‘lajak eksponatlar ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, futbol yulduzlari Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, turk aktyorlari Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, hind aktyorlari Shohruxxon, Ayshvariya Ray, Amitabh Bachchan, xitoylik afsona Jeki Chan, o‘zbek qiziqchilik san’ati darg‘alaridan biri Hojiboy Tojiboyev bo‘lishi kutilmoqda.
Figuralar xitoylik va turkiyalik ustalar tomonidan yaratilmoqda.
Muzeyga kirish narxi: 20 ming so‘m
O‘z yo‘nalishiga mos ravishda jihozlangan, “yulduzlar”ga ajratilgan xonalarda ularning hayoti va ijodiga tegishli ma’lumotlarni uch tilda o‘qish mumkin.
Izoh (0)