“Yuventus” hujumchisi Mario Manjukich faoliyatini MLS’da davom ettirishi mumkin, deya xabar qilmoqda Jan Luka di Martsio.
Kelishuv bir necha kun ichida rasmiylashtirilishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, unga “Los-Anjeles” klubi qiziqmoqda.
33 yoshli futbolchi AQShga yo‘l olishga rozi bo‘lsa, u holda futbolchi klubning faqat mashg‘ulotlarida ishtirok etishi mumkin. Chunki hozir MLS’da transfer oynasi yopiq.
Avvalroq “Yuventus” Manjukichni Yevropa Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritmagan edi. Shuningdek, futbolchi A Seriyadagi ikkita o‘yinda ham maydonga tushmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)