Daryo

“Liverpul” mehmonda g‘alaba qozonib, APLda peshqadamga aylandi (video)

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 4-turida “Liverpul” “Byornli”ni sinovdan o‘tkazdi

1 daqiqa o‘qish35 064 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 4-turida Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” klubi 31-avgust, shanba kuni mehmonda “Byornli”ni sinovdan o‘tkazdi.

Foto: Reuters

Uchrashuvning 33-daqiqasida Kris Vud o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Oradan 4 daqiqa o‘tib “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, “qizillar”ning uchinchi goliga braziliyalik hujumchi Roberto Firmino mualliflik qildi.

Shu tariqa “Liverpul” mehmonda kechgan bahsda “Byornli” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, Klopp shogirdlari 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

APL

4-tur bahsi

31-avgust, shanba

“Byornli”—“Liverpul” 0:3

Gollar: 0:1 — 33, avtogol Vud, 0:2 — 37 Mane, 0:3 — 80 Firmino

“Byornli”: Poup, Mi, Piters, Louton, Tarkovski, Lennon, Kork, Vestvud, Maknil, Barns (Rodriges, 73), Vud

“Liverpul”: Adrian, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Matip, Veynaldum, Henderson (Oksleyd-Chemberlen, 71), Fabinyo, Mane (Origi, 85), Firmino (Shaqiri, 85), Saloh

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar