Daryo

Meksikada yog‘gan yomg‘ir tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyatlar hokimiyati harbiy xizmatchilarni jalb qildi

1 daqiqa o‘qish38 313 ko‘rishlar0 izoh0
wcrp-climate.org

Meksikada yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, shuningdek, 5 nafar inson bedarak yo‘qolgan deya taxmin qilinmoqda.

Mamlakatning fuqaro mudofaasi kuchlari koordinatori David Leon bo‘lib o‘tgan tabiiy hodisadan xalqaro hamjamiyatni xabardor qildi, deb yozadi “вести.ru”

Foto: wcrp-climate.org

Xabarga ko‘ra, 24 va 25-avgust kunlari Mexiko, Nuevo Leon, Nayarit, Quyi Kaliforniya va Sinaloa shtatlari tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rdi. Yuzlab binolar suv ostida qoldi, ko‘plariga  shikast yetdi, ba’zilari toshqin zonalaridan topildi. Sinaloa shtatidagi beshta munitsipalitetda (o‘z-o‘zini boshqarish organi) favqulodda holat  e’lon qilindi.

Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyatlar hokimiyati harbiy xizmatchilarni jalb qildi.

Leon meksikaliklarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga va fuqarolik mudofaasi ogohlantirishlarini diqqat bilan kuzatishga chaqirdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar