Daryo

Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta yasalmoqda (video)

Hozirda yuk sig‘imi bo‘ycha Alisher Usmonovning “Dilbar” nomli kemasi birinchi o‘rinda

1 daqiqa o‘qish65 252 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: REV Ocean

Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta — REV Ocean suvga tushirildi, deb xabar bermoqda Forbes. Kemani Norvegiyaning Forbes ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turuvchi Kell Inge Rekke qurmoqda.

Foto: REV Ocean

Baliq ovlash va dengizdagi burg‘ulashdan boyib ketgach, u o‘z boyligining katta qismini okeanlarni ifloslantirishdan va cheksiz baliq ovlashdan qutqarishga sarflashga ahd qilgan.

Loyiha saytida ma’lum qilinishicha, 25-avgust kuni REV Ocean kemasi Ruminiyadagi VARD Tulcea kemasozlik korxonasidan ishga tushirilgan. Ta’kidlanishicha, kemaning uzunligi 600 fut (182,88 metr) bo‘lib, bu uni dunyodagi eng uzun yaxta deb hisoblashga asos bo‘ladi. Ungacha BAAlik shayx Xalifa ibn Zayd al-Nahyanuga qarashli bo‘lgan “Azzam” yaxtasi 2013-yildan buyon eng uzun yaxta hisoblanar edi.

Qurish ishlari yakuniga yetgach, REV Ocean nafaqat eng uzun yaxta bo‘ladi, balki yuk sig‘imiga ko‘ra ham birinchi bo‘ladi. Loyiha saytida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 17 440 tonnani tashkil etadi. Hozirda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Alisher Usmonovning “Dilbar” nomli kemasi birinchi o‘rinda.

Kema qurilishi 2020-yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar