Daryo

Jazoirdagi konsert 5 nafar shaxsning o'limiga sabab bo‘ldi

Soolking nomi bilan mashhur xonanda konsert bergan

1 daqiqa o‘qish75 935 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:newstracker.ru

Jazoirdagi mashhur rep qo‘shiqchisi Soolking’ning konsertida 5 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq shaxs jarohatlandi, deb xabar qildi “Korrespondent.net”

Foto: Newstracker.ru

Soolking nomi bilan mashhur xonanda konserti vaqtida noxush hodisa kirish eshiklaridan birida sodir bo‘lgan. “Oqibatda 2 nafar yigit va 3 nafar ayol hayotdan ko‘z yumgan, 21 nafar shaxs esa og‘ir jarohat olganligi tufayli, ularning hayoti xavf ostida, — deyiladi xabarda.

Voqeaga qaramasdan, Soolking Canal Algerie telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan konsert dasturini davom ettirgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar