Daryo

Tramp ma’muriyati Grenlandiya uchun yiliga 600 mln dollar taklif qilmoqchi bo‘lgan

AQSh Daniyaning muxtor hududi hisoblanuvchi dunyodagi eng yirik orolni sotib olishga qiziqayotganidan OAVlar o‘tgan hafta xabar topdi

1 daqiqa o‘qish25 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

AQSh prezidenti ma’muriyati mansabdorlari Grenlandiyaga muddatsiz egalik qilish uchun Daniyaga har yili 600 million dollar to‘lab turish variantini ko‘rib chiqqan. Bu haqda The Washington Post o‘z anonim manbalariga tayanib xabar beradi, deb yozadi Meduza.

Foto: EPA

Shuningdek, Tramp ma’muriyati shartnomani rag‘batlantirish uchun Daniyaga katta miqdorda bir martalik to‘lov qilishga ham tayyor bo‘lgan.

AQSh Daniyaning muxtor hududi hisoblanuvchi dunyodagi eng yirik orolni sotib olishga qiziqayotganidan OAVlar o‘tgan hafta xabar topdi. Donald Tramp ushbu xabarni tasdiqlab, bu masala mamlakat uchun strategik xarakterga ega emasligini aytdi. Daniya va Grenlandiya esa orol sotilmasligini, uning taqdirini faqat mahalliy aholigina belgilashini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar