Daryo

Ilon Mask Marsga yadroviy bomba tashlash taklifiga qaytdi

Maskning ta’kidlashicha, bombardirovkadan keyin Marsda odamlar yashashi uchun zarur bo‘lgan “parnik effekti”ni hosil bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish78 242 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / ElonMusk

Ilon Mask Marsga yadroviy bomba tashlash borasidagi g‘oyasiga yana qaytib, bu safar Nuke Mars! futbolkalarini ishlab chiqarishini e’lon qildi, deb xabar beradi Spot.

Foto: Twitter / ElonMusk

Ushbu futbolkalarni 25 dollar evaziga xarid qilish mumkin.

Maskning Twitter’da qoldirgan posti ko‘plab muxlislari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, biroq tadbirkor bundan oldin ham “qizil sayyora”ga yadroviy bomba tashlash lozimligi borasida o‘z fikrini bildirgan edi.

2015-yili Ilon Mask Stiven Kolbert bilan o‘tkaziladigan “Kechki shou”da Marsni odamlar yashashi uchun yaroqli holatga keltirish maqsadida u yerga yadroviy bomba tashlash kerakligini aytgan edi.

Maskning hisoblashicha, bombardirovkadan keyin sayyoradagi karbonat angidrid gazi atmosferaga chiqib, odamlar uchun zarur bo‘lgan “parnik effekti”ni hosil qiladi.

NASA tadqiqotchilari esa, Maskning fikri noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlamoqda. Rostdan ham Marsga yadroviy bombaning tashlanishi qanchadir miqdorda karbonat angidrid gazining paydo bo‘lishiga olib keladi, biroq u sayyora iqlimini yerniki kabi bo‘lishiga uchun yetarli emas.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar