Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Kursan Asanov hamda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaraning videosi paydo bo‘ldi.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Asanov yopiq eshik ortidan Atambayevga “barchasini tugatishni” taklif qilib, unga hech kim teginmasligini va’da beradi. “Meni otib tashlasanglar ham mayli, faqat bolalarga teginmanglar”, — deya javob qaytargan sobiq prezident. O‘z navbatida vazir o‘rinbosari hech kim o‘t ochish niyatida emasligini bildirgan.
“So‘z beraman, bu Kursan Asanovning so‘zi. Hech kim ularga teginmaydi. Almaz, bilasan men doim o‘z so‘zimda turganman”, — deydi Asanov.
Mavzuga doir: Almazbek Atambayev kuchishlatar tuzilmalar xodimlariga taslim bo‘ldi. Uni o‘z qarorgohidan olib ketishdi








