“Sent-Etyenn” himoyachisi Vilyam Saliba “Arsenal”ga o‘tishga yaqin turibdi.
RMC Sport jurnalisti Muhammad Buxafsining ma’lum qilishicha, tomonlar 18 yoshli futbolchi transferi borasida kelishuvga erishgan. Himoyachining transfer narxi qo‘shimcha bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 29 million yevroga baholanmoqda. Yaqin kunlarda fransuz “Arsenal” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Saliba 2019/20-yilgi mavsumni o‘zining jamoasi — “Sent-Etyenn” klubida ijara asosida o‘tkazadi.
Avvalroq Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” ham futbolchiga qiziqish bildirayotgandi.
Ma’lumot uchun, Saliba Fransiya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta sariq kartochka ishlab oldi. U mamlakatning 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan jamoalarida ham o‘ynashga ulgirdi .
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)