Daryo

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi

Professional boksning super yengil vazn toifasi vakili Shahram G‘iyosov avgust oyida o‘zining to‘qqizinchi jangini o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish42 876 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) avgust oyida o‘zining to‘qqizinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Foto: Instagram

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahram 24-avgust kuni AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26-aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar