Daryo

“Kalashnikov” konserni AK-12 avtomatining aholiga mo‘ljallangan variantini yaratdi

Avtomatning ushbu versiyasida avtomat o‘t ochish rejimi mavjud emas

1 daqiqa o‘qish71 339 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA.ru”

“Kalashnikov” konserni AK-12 avtomatining oddiy aholiga mo‘ljallangan variantini yaratdi. Bu haqda konsern bosh direktori Vladimir Dmitriyevga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA.ru”

“AK-12 juda muvaffaqiyatli mahsulot bo‘lib chiqdi, hozirda Mudofaa vazirligi bilan uch yillik shartnomamiz bor, biroq biz mazkur qurolning oddiy insonlarga mo‘ljallangan versiyasini xohlovchi odamlar haqida ham o‘yladik. Shu sababli AK TR3’ni taqdim etamiz”, — deydi Dmitriyev “Armiya—2019” forumi doirasida.

Konsern eksperti Vladimir Onokoyning so‘zlariga ko‘ra, avtomatning ushbu versiyasida avtomat o‘t ochish rejimi mavjud emas.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar