Daryo

Boris Jonson yosh sevgilisi bilan janjallashdi

Jonsonning uyida bo‘lgan voqealar diktofonga yozib olingan

1 daqiqa o‘qish64 990 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.ru”

Britaniyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson va uning yosh sevgilisi Kerri Saymonds janjallashib qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

Xabarda aytilishicha, politsiya xodimlari voqea joyiga Jonsonning qo‘shnisi qo‘ng‘iroq qilgach yetib kelgan.

Qo‘shnisi Jonsonning uyidan ayol kishining baqirgan ovozi, undan so‘ng esa tarsaki va musht ovozini eshitgan. Ba’zi o‘rinlarda Saymonds Jonsonga “Mendan nari tur”, “Uyimdan yo‘qol” degan gaplarni eshitgan. Keyin qo‘shnisi ularning eshigini taqqillatgan.

“O‘sha payt eshikni kimdir ochib, ‘Bizda hammasi yaxshi’ deyishini kutgandim. 3 marta taqirlatdim ammo eshikka hech kim yaqinlashmadi”, — deydi qo‘shni.

U Jonsonning uyida bo‘lgan voqealarni diktofonga yozib olganini ta’kidladi. Yozuvda Jonson uydan ketishni rad qilayotgani, qizga “noutbukdan ajralishini” aytgani ham yozilgan. Saymonds esa o‘z navbatida siyosatchi bilan urishgan, shuningdek, u divanga qizil vino to‘kib yuborganini aytgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar