Daryo

Rossiyada Tu-22M3M bombardimoni sinovdan o‘tkazildi (video)

Bombardimonchi samolyot sinovi turli ob-havo sharoitida har xil balandlik va tezlikda o‘tkazilgan

1 daqiqa o‘qish67 678 ko‘rishlar0 izoh0

“Zvezda” telekanali modernizatsiya qilingan Tu-22M3M bombardimoni sinovdan o‘tkazilishidan videolavha e’lon qildi. Unda samolyotning uchish, parvoz jarayoni va qo‘nishi aks etgan.

Bombardimonchi samolyot sinovi turli ob-havo sharoiti, har xil balandlik va tezlikda o‘tkazilgan.

Sinovdan o‘tkazilgan Tu-22M3M bombardimoni Tu-22M3 samolyotining chuqur modernizatsiya qilingan variantidir. Unga raqamli bort radioelektron qurilmasining yangi zamonaviy kompleksi o‘rnatilgan bo‘lib, navigatsiyaning yanada aniq bo‘lishi va boshqaruvni avtomatlashtirish darajasini oshirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, bombardimonga xizmat qilish osonlashadi, uning jangovar salohiyati ham kengayadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar