Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni mehmonxonadan olib kelish uchun shaxsan o‘zi bordi. “TASS” xabar berishicha, prezident o‘zining GAZ-21 Volga mashinasida bo‘lgan.
Ular birgalikda Ashxobod bo‘ylab kichik avtomobil safari o‘tkazgan. Shundan so‘ng Medvedev va Berdimuhamedov prezident qarorgohiga kelgan va u yerda ishchi nonushta o‘tkazilgan.
Rossiya bosh vaziri Turkmanistonga 30-may kuni kelgan bo‘lib, 31-may kuni MDH hukumati rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)