AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo shahar politsiyasi 12 yoshli qizni avtomobil olib qochib, uni mast holatda boshqargani uchun hibsga oldi, deb xabar bermoqda The Independent.
Xabar berilishicha, 12 yoshli qiz va uning uch dugonasi politsiyadan qochib, cheklangan tezlik yo‘l belgisiga borib urilgach, qo‘lga olingan. Qiz dugonalari bilan birga shahar aylanish uchun buvasining avtomobilini olib qochgan edi.
Politsiya xodimlari mashinani bolalar boshqarayotgan va ular mast bo‘lishi mumkinligini kutmaganini ma’lum qildi. Mashinadan aroq va boshqa alkogol mahsulotlar topilgani aytilmoqda.
Politsiya qizlarni balog‘at yoshiga yetmasdan alkogol mahsulotlarini iste’mol qilganlikda ayblab, hibsga olgan. Mashinani olib qochgan qizga esa, u avtomobilni mast holatda boshqargani va politsiyadan qochishga uringani uchun, qo‘shimcha jarimalar belgilangan.
Shuningdek, politsiya qizlar alkogol ichimliklarni qayerdan olganini ham aniqlashni maqsad qilgan. Qizning otasi politsiyaga ularning oilasida hech kim alkogol iste’mol qilmasligini, agar qizi politsiya mahkamasida qolishiga to‘g‘ri kelsa, bunga qarshi emasligini bildirgan.
Izoh (0)