Daryo

Manchester derbisida “Siti” “Yunayted”ni mag‘lub etib, APL yetakchisiga aylanib oldi (video)

Angliya premyer ligasining 31-turi doirasida qoldirilgan 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish31 036 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

24-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 31-turi doirasida qoldirilgan 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Reuters

Kunning dastlabki o‘yinida Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Vulverhempton” maydoniga safar qildi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Ruben Nevesh (28), Mett Doerti (37) va Diogu Jota (45+2) kiritgan to‘plarga “to‘pchilar” himoyachi Sokratis Papastatopulosning urgan yagona goli evaziga javob qaytardi (3:1).

Shu tariqa londonliklar mehmonda kechgan bahsda “bo‘rilar”ga mag‘lub bo‘ldi va muhim 3 ochkodan mahrum bo‘ldi (1:3).

Shu kuni Manchesterning ikki klubi “Yunayted” hamda “Siti” “Old Trafford” stadionida kuch sinashdi.

O‘yinning 54-daqiqasida “shaharliklar” hujumchisi Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqaga kelib zaxiradan maydonga tushgan Leroy Sane Rahim Sterling uzatmasini golga aylantirdi (2:0).

Shu tariqa Manchester derbisida “Siti”ning qo‘li baland keldi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlarining ochkolari soni 89 taga yetdi va klub musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. 2-o‘rinda borayotgan “Liverpul”da hisobida esa 88 ochko mavjud.

APL

24-aprel, chorshanba

31-tur qoldirilgan o‘yin

“Vulverhempton”—“Arsenal” 3:1

Gollar: 1:0 — 28 Nevesh, 2:0 — 37 Doerti, 3:0 — 45+2 Jota, 3:1 — 80 Papastatopulos

“Manchester Yunayted”—“Manchester Siti” 0:2

Gollar: 0:1 — 0:1 — 54 Bernardu Silva, 0:2 — 66 Sane

“Manchester Yunayted”: De Xea, Darmian (Sanches, 83), Smolling, Lindelyof, Shou, Yang, Fred, Pereyra (Lukaku, 72), Pogba, Lingard (Marsial, 83), Reshford

“Manchester Siti”: Ederson, Uolker, Kompani, Lyaport, Zinchenko, Fernandinyo (Sane, 51), Gundo‘g‘on (Danilo, 89), Silva, Bernardu, Sterling, Aguero (Jezus, 89)

Ogohlantirishlar: Kompani (10), Pereyra (24), Zinchenko (26), Shou (89)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar