Daryo

Twitter asoschisi Jek Dorsi birinchi marta ish haqi oldi

Uning ish haqida bir yil uchun atigi 140 sentni tashkil etgan

1 daqiqa o‘qish37 271 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Google Images

Twitter asoschilaridan biri Jek Dorsi to‘rt yil avval ijrochi direktor lavozimiga qaytganidan beri birinchi marta ish haqi oldi, deb yozadi Forum Daily.

Foto: Google Images

Xabarda aytilishicha, uning ish haqida bir yil uchun 140 sentni tashkil etgan.

Kompaniya normativ hujjatlariga muvofiq 8-aprel kuni e’lon qilingan bunday ishonish qiyin bo‘lgan kamtarona ish haqi servis yaratilganidan beri bitta twit uchun ruxsat berilgan belgilar soniga teng.

2017-yili kompaniya ko‘proq foydalanuvchilarni jalb etish maqsadida bunday cheklovni bekor qilgan. Bu vaqtda Dorsi Twitter aksiyalaridan bonuslar yoki foizlar olmaslikka qaror qilgan. U bunday qarorni Twitter’ning uzoq muddatli qadriyatlarini yaratishda ishonch va sadoqat belgisi sifatida izohlagan.

Twitter’da 140 ta belgigacha cheklov o‘tmishdagi texnologik davr qoldig‘i bo‘lib, servis ishga tushirilgan 2006-yilda telefonlarda shuncha belgi sig‘ar va hali smartfonlar ommaviy ishlab chiqarilmagan edi.

2017-yilda bu cheklov 280 gacha uzaytirilgan. Biroq bu Dorsining ish haqiga ta’sir qiladimi-yo‘qmi noma’lum.

“Lekin 42 yoshli Jek Dorsini bu tashvishga solmaydi. Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, Forbes jurnali reytingida uning daromadi 2019-yilda 5,1 milliard dollarga baholagani qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar