Daryo

Olimlar: delfinlarning qirilib ketish xavfi mavjud

Syurix universiteti olimlari delfinlar iqlim o‘zgarishi oqibatida halokatga duch kelayotganini aytdi

1 daqiqa o‘qish55 579 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sergey Georgiyev/Facebook.com

Syurix universiteti olimlari delfinlar iqlim o‘zgarishi oqibatida halokatga duch kelayotganini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: Sergey Georgiyev/Facebook

Tadqiqotchilar G‘arbiy Avstraliya shtatining shimoli-g‘arbiy qismida Shark ko‘rfazida yashaydigan delfinlarni o‘rgandi.

Tadqiqotga ko‘ra, ko‘rfaz suvining harorati 2011-yilda Avstraliyani qoplagan issiqlik to‘lqini tufayli 4 ℃ ga ortgan. Olimlarning ta’kidlashicha, keskin isib ketish, eko tizimning asosini tashkil qiladigan dengiz o‘simliklarining katta qismi nobud bo‘lishiga olib keldi.

Shu bilan birga, 2011-yilda delfinlar o‘limi darajasi 12 foizga oshdi. Bundan tashqari, delfin bolalarining tug‘ilishi ham kamaydi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar