Daryo

Ilon Mask Crew Dragon kosmik kemasini namoyish qildi

Bortga 200 kilogramm yuk va skafandr kiygan maniken joylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish34 226 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:© EPA-EFE/NASA/Joel Kowsky

SpaceX rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter sahifasiga uchuvchisiz harakatlanadigan Crew Dragon kosmik kemasini, shuningdek, uning kabinasidan olingan kadrlarni joyladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto:© EPA-EFE/NASA/Joel Kowsky

Falcon-9 raketa-ko‘targich mahalliy vaqt bilan tungi soat 02:49 da Kanaveral burnidagi kosmodromdan ko‘tarilgan. Kemalar AQSh sharqiy sohillari vaqti bilan 3-mart kuni tonggi 03:30 da tutashishi rejalashtirilgan.

Bortga 200 kilogramm yuk va skafandr kiygan maniken joylashtirilgan.

AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensning so‘zlariga ko‘ra, ushbu samolyot AQShni o‘zining shaxsiy parvozlarini tiklashga yaqinlashtirgan.

NASA Space Shuttle qaytuvchi fazoviy parvozlar dasturini tugatgandan so‘ng, 2011-yilda o‘z shaxsiy parvozlarini to‘xtatgan. Shundan beri astronavtlar Xalqaro kosmik stansiyaga Rossiyaning “Soyuz” kemalarida qaytar edi.

NASA va Roskosmos shartnomasining muddati 2019-yilning oxirida tugaydi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar