Daryo

“Kalashnikov” konserni uchuvchisiz kamikadze samolyotini yaratdi

Qurilmaning maketi 17-fevral kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan IDEX-2019 qurollar ko‘rgazmasida namoyish etilgan

1 daqiqa o‘qish47 306 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Rambler

“Kalashnikov” konserni KUB-BLA kamikadze uchuvchisiz samolyoti yaratilgani va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Bu haqda “Hitech.news” xabar berdi.

Foto: Rambler

Qurilmaning maketi 17-fevral kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan IDEX-2019 qurollar ko‘rgazmasida namoyish etilgan.

Kalashnikovning Zala aero sho‘ba korxonasi tomonidan yaratilgan va ishlab chiqarilgan uchuvchisiz samolyot kuchli qurol bo‘lib, u maqsadga yetib borib portlaydi.

Samolyotning maksimal tezligi soatiga 130 kilometr, ish davomiyligi 30 daqiqa, yuklanishi esa 3 kilogrammni tashkil qilishi mumkin.

“Ushbu qurilmaning quvvati maxfiyligi va relefidan hamda past va balandligidan qat’iy nazar maqsadga yetib boradi. Bu aniq va maksimal samarali qurol bo‘lib, unga nisbatan havo himoyasini ta’minlash juda murakkab sanaladi”, — deydi “Rostex” rahbari Sergey Chemezov.

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar