Daryo

Los-Anjelesda Ilon Maskning uyi sotuvga qo‘yildi (video)

Uy 2014-yilda 3,695 million dollarga sotib olingan bo‘lib, hozirda 4,449 million dollarga sotilmoqda

1 daqiqa o‘qish61 160 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hiltonhyland.com

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining Kaliforniya shtatining Brentvud shahridagi uyini sotishga qaror qildi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Foto: Hiltonhyland.com

Mask va uning sobiq rafiqasi Talula Rayli uyni 2014-yilda 3,695 million dollarga sotib olishgan. Hozirda u 4,449 million dollarga sotilmoqda.

Uchta vannaxona va to‘rtta yotoqxonaga ega 3000 kvadrat fut maydonli uy modern uslubida qurilgan bo‘lib, dazmol shaklidagi tepalikning eng baland qismida joylashgan.

Maksimal darajada bo‘sh joy qoldirish maqsadida uy bumerang ko‘rinishda qurilgan. Ohista qayrilgan devorlarga ega uy imkon qadar ko‘proq yorug‘lik kirishi, shu bilan birga uyning ichi ko‘rinmasligi uchun yerdan shiftgacha bo‘lgan derazalardan iborat bo‘lib, undan orqa hovlidagi tabiat manzarasi ko‘rinib turadi.

Jalyuzi, xavfsizlik tizimi, ovoz kolonkalari va yoritgichlarni mobil qurilma yordamida boshqarish mumkin.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar