AQShning Portlend universiteti tadqiqotchilari yog‘ va shakarga boy yeguliklar organizmda sepsis xavfini oshirishini aniqladi. Bu haqda Medical Xpress xabar berdi.
Sepsis (qonga kirgan zararli mikroblar tufayli butun organizmning zaharlanishi) o‘limga olib boruvchi sabablardan biri.
Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotda ratsion tarkibidan ozuqaviy elementlar kamaytirilib, yog‘ va uglevodlar ko‘paytirilgan. Ko‘p o‘tmay kemiruvchilarda surunkali yallig‘lanish kuchaygan, sepsisga moyillik ko‘paygan va to‘g‘ri oziqlanadigan hayvonlarga nisbatan umumiy o‘lim darajasi oshgan.
Izoh (0)