Yamanda dunyoga kelgan va zudlik bilan xorijda davolanishga muhtoj bo‘lgan o‘g‘il bola Siam egizaklari 9-fevral, shanba kuni vafot etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Ikki haftalik Siam egizaklari Abdul-Holiq va Abdul-Rahimni Yaman poytaxti Sanada davolagan shifokorlar egizaklarni harbiy harakatlar sababli sog‘liqni saqlash tizimi ishdan chiqqan mamlakatda qoldirish mumkin emasligi, ularni xorijda davolatish zarurligini ta’kidlagan edi.

Sana aeroporti 2015-yildan buyon fuqarolik reyslari uchun yopilganligi sababli ularni xorijga jo‘natishning imkoni bo‘lmadi. Hudud saudiylar tomonidan nazorat qilinadi. Uchish-qo‘nish yo‘lagidan faqat BMTning fuqarolik samolyotlari foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, egizaklar yanvar oyida mamlakat poytaxti, Sana shahrida dunyoga kelgan edi.