Daryo

Yamanda ikki boshli Siam egizaklari dunyoga keldi

Egizaklarning otasi 20 yoshli Akram Ali Ahmed farzandlarini ajratishni istamasligini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish187 396 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Yamanda ikki boshli Siam egizaklari dunyoga keldi. Shifokorlar ulardan faqat biri tirik qolishi mumkinligidan tashvishlanmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Foto: EPA

Egizaklar yanvar oyida mamlakat poytaxti, Sana shahrida dunyoga keldi. Abdul-Xolid va Abdul-Rahim ismli egizaklarning tanasi bitta, biroq boshi ikkita. Shifokorlar ularning hayotini saqlab qolish uchun bor kuchini sarflamoqda, biroq ularning ota-onasiga chaqaloqlarni xorijga olib borishni tavsiya qilmoqda.

Egizaklarning otasi 20 yoshli Akram Ali Ahmed farzandlarini ajratishni istamasligini ma’lum qilgan. U, shuningdek, ulardan biri yashab ketishi uchun ikkinchisining o‘limini qabul qilishga tayyor emas. “Ularning har ikkalasi bitta tanada yashashini istayman. Alloh menga berganiga qarshi bormayman”, — dedi u.

Shifoxona pediatriya bo‘limi rahbari Fayzal al-Babli mazkur oilaga davolanish uchun hukumatdan moliyaviy yordam olishga urinmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar