Daryo

Qora dengizdagi yonayotgan kemalarni yaqin orada o‘chirishning imkoni yo‘q

Kemalarda yonayotgan gazni o‘chirish mumkin bo‘lgan taxminiy muddat ham noma’lum. Ayni damda portlash xavfi saqlanib qolmoqda

1 daqiqa o‘qish51 166 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Qora dengizning Kerch bo‘g‘ozi hududida suyultirilgan gaz ortilgan tankerlarda yong‘in davom etmoqda, yaqin orada kemalardagi yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q, deya xabar beradi “Argumenti i fakti”.

Foto: Google Images

Kemalarda yonayotgan gazni o‘chirish mumkin bo‘lgan taxminiy muddat ham noma’lum. Ayni damda portlash xavfi saqlanib qolmoqda.

Turkiyaning “Maestro” va “Kandi” kompaniyasiga qarashli kemalarda yong‘in 21-yanvar kuni yuz bergan.

Tankerlarda 32 nafar dengizchi bo‘lib, 12 kishi qutqarilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in suyultirilgan gazni bir kemadan ikkinchisiga yuklayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Ikkita tankerda qariyb 4,5 ming tonna yoqilg‘i bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qora dengizda yonib ketgan tankerlarda yo‘qolgan dengizchilar halok bo‘lgan deb tan olindi

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.