Daryo

Ilon Maskka Xitoyda doimiy yashash huquqi taklif qilindi

Maskning ta’kidlashicha, u Shanxaydagi zavodni butun dunyo uchun namuna qilishga umid qilmoqda

1 daqiqa o‘qish31 442 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Tesla rahbari Ilon Mask bilan uchrashuvda unga mamlakatda yashash huquqini olishni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Uchrashuv Shanxayda Tesla zavodi qurilishining boshlanishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimdan keyin tashkil qilingan.

Maskning ta’kidlashicha, u Shanxaydagi zavodni butun dunyo uchun namuna qilishga umid qilmoqda. U Xitoyni juda ham yaxshi ko‘rishini va mamlakatga tez-tez kelishga tayyor ekanligini aytgan.

Li Ketsyanning ta’kidlashicha, agar Ilon Mask haqiqatdan ham shunday fikrda turadigan bo‘lsa, unga mamlakatda doimiy yashash huquqi berilishi mumkin.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar