Daryo

Rasman: “Manchester Yunayted” Joze Mourinyoni iste’foga chiqardi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo iste’foga chiqarildi

1 daqiqa o‘qish54 052 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Google Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo iste’foga chiqarildi.

Foto: Google Images

“Klub Mourinyoning klubdagi ishi uchun minnatdorchilik bildiradi. Va unga kelajakdagi ishlarida omad tilaydi. Yangi vaqtinchalik bosh murabbiy tez orada tayinlanadi. Shu bilan birgalik klub jamoaga yangi bosh murabbiyni izlash jarayanonini davom ettiradi”,—deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo 2016-yil mayidan beri “Manchester Yunayted”ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2016/17-yilgi mavsumda Angliya Liga Kubogi hamda Yevropa Ligasi kubogini yutgan, shuningdek, Angliya Superkubogiga ham ega chiqqan. “Yunayted” APLning 2016-2017-yilgi mavsumda 6-o‘rinni, 2017/18-yilgi mavsumda esa 2-o‘rinni egallagandi.

Ayni damda esa klub musobaqa jadvalida 6-o‘rinni band etib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar