Daryo

Ilon Mask Marsga yo‘l olishga deyarli tayyorligini ma’lum qildi

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Marsda o‘lim ehtimoli Yerdagidan ko‘ra ancha yuqori

1 daqiqa o‘qish35 350 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Independent

SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Marsga 70 foizlik ehtimol bilan shaxsan o‘zi yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Mask Axios nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: The Independent

U bunday parvozlarni yetti yildan so‘ng amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydi, chiptalar esa taxminan bir necha yuz ming dollarga tushadi.

Mask parvozlar Yerdagi muammolardan qochmoqchi bo‘lgan boy odamlar uchun o‘ziga xos yechim bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotga qo‘shilmadi.

“Bu qiyin jarayon bo‘ladi. Tubsiz koinot o‘rtasida temir banka ichida o‘lish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Agar mobodo muvaffaqiyatli tarzda Yerga qo‘nsangiz ham, siz bazani qayta tiklash uchun to‘xtovsiz mehnat qilishingiz shart bo‘ladi”, — deydi Mask.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar