Daryo

Ilon Maskning boyligi bir kunda 1,5 milliard dollarga kamaydi

Ilon Mask Tesla kompaniyasi aksionerlarini yo‘ldan ozdirishda ayblanmoqda

1 daqiqa o‘qish46 424 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning boyligi bir kunda 1,5 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: AP

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Mask 1,5 milliard dollardan AQSh hukumati unga qarshi sudga da’vo arizasini yo‘llaganini ma’lum qilganidan so‘ng ayrilgan.

Ta’kidlanishicha, Ilon Mask Tesla kompaniyasi aksionerlarini chalg‘itishda ayblanmoqda.

Avvalroq, Tesla kompaniyasining eng yirik o‘n aksiyadori qatoriga kiruvchi BlackRock boshqaruvi ostidagi jamg‘armalar Ilon Maskni kompaniya direktorlari kengashi raisligidan bo‘shatishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar