Daryo

Tesla aksiyadorlari Ilon Maskni almashtirishni istamoqda

Jamg‘armalar Maskni qandaydir noma’lum rais bilan almashtirish uchun ovoz bergan

1 daqiqa o‘qish29 036 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Korrespondent.net”

Tesla kompaniyasining eng yirik o‘nta aksiyadorlari qatoriga kiruvchi BlackRock boshqaruvi ostidagi jamg‘armalar Ilon Maskni kompaniya direktorlari kengashi raisligidan bo‘shatishni xohlamoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Xabar berilishicha, jamg‘armalar Maskni qandaydir noma’lum rais bilan almashtirish uchun ovoz bergan. Vaziyatning o‘ziga xosligi shundaki, Mask direktorlar kengashi raisi va Tesla bosh ijrochi direktori sifatida vazifalarni bajaradi.

Bu taklif boshqa aksiyadorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan, shuning uchun Maskning Tesla’dagi o‘rni o‘zgarishsiz qolmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar