Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangiyo‘l shahrida 20-sentabr kuni soat 17:40 larda, Yangiyo‘l tumanida yashovchi, mavsumiy ishchi, 2000-yilda tug‘ilgan, N.E. ishonch qog‘ozisiz, hech qanday hujjatlarsiz Toshkent shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridan biriga tegishli Lasetti rusumli avtomashinani Yangiyo‘l shahar Sh.Rashidov ko‘chasida boshqarayotib, piyoda, voyaga yetmagan, 2007-yilda tug‘ilgan, A.Z.ni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oqibatda piyoda A.Z. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2018-yil 24-sentabr kuni N.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari