Surxondaryo viloyati hokimligi taklifi bilan qo‘shni Balx viloyati nuroniylaridan bir guruhi Termiz shahriga tashrif buyurdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Tashrif davomida mehmonlar Sherobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziy, Termiz tumanidagi Hakim at-Termiziy ziyoratgohlari, Sulton Saodat yodgorlik majmuasini ko‘zdan kechirdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib, ixtisoslashgan shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
“Afg‘onistonlik mehmonlar viloyat hokimi Bahodir Po‘latov bilan ham uchrashib, ushbu xayrli tashabbus uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)