AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Amerika yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda o‘z ichiga iqtisodiy masalalarni, Rossiyaning Suriya va Donbassdagi harakatlarini, shuningdek, Rossiya tomonining AQShda 2016-yilgi saylovlarga ehtimoliy aralashuvini oluvchi keng spektrdagi muammolarni muhokama qilishini aytdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Prezident yechim talab qiluvchi keng doiradagi muammolarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda”, — dedi Pens.
Uning ta’kidlashicha, ular orasida Rossiya va AQSh, shuningdek, Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalasi bo‘ladi. Vitse-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Putin bilan Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvini ham muhokama qiladi. Pens AQSh rahbari Rossiyaning Suriya va Ukrainaga “harbiy hujumi” haqida ham gaplashib olish niyatida ekanligini aytdi.