Daryo

Yekaterinburgda 220 metrli teleminora portlatildi (video)

Teleminorani portlatishdan oldin aholini ogohlantirish uchun ikki marotaba sirena yangragan

1 daqiqa o‘qish80 410 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Yekaterinburgda 220 metr keladigan teleminora portlatildi. Mazkur bitmay qolgan inshoot shahardagi eng baland bino hisoblanar edi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Foto: “RIA Novosti”

Ma’lum qilinishicha, teleminorani portlatishdan oldin aholini ogohlantirish uchun ikki marotaba sirena yangragan. Bir necha daqiqadan so‘ng esa portlash sodir bo‘lgan va minora qulagan.

Yekaterinburg teleminorasini qurish ishlari 1983-yilda boshlangan. Uning balandligi 361 metrga teng bo‘lishi, signal esa butun Sverdlovsk viloyatiga tarqalishi kerak edi. 1991-yilda qurilish ishlari moliyaviy qiyinchiliklar sabab to‘xtatib qo‘yilgan. Bitmay qolgan teleminorada ofislar, sport markazlari, FHDYo, attraksionlar, kinoteatr, ibodatxona qurish rejalashtirilgan, biroq bularning birortasi amalga oshirilmasdan qolib ketgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar